Ota-onalarga “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”

“Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”

28
0

Respublika bolalar kutubxonasida xalq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha «Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi va g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari D.Kenjayev va boshqalar Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish yo’lida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlashdi.

Mazkur ko’rik-tanlovni tashkil qilishdan maqsad bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini har tomonlama sharhlash va tushuntirish, ijodiy tashabbuskorlik hamda izlanishlarni e’tirof etish, ularni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish hamda tajribalarni ommalashtirishdan iborat.