Yangiliklar Rossiyada qancha oʻzbek oʻquvchi-yoshlari taʼlim olayotgani maʼlum qilindi

Rossiyada qancha oʻzbek oʻquvchi-yoshlari taʼlim olayotgani maʼlum qilindi

18
0
“Rossiya Federatsiyasida ayni paytda 25 000 ga yaqin oʻzbek oʻquvchi-yoshlar taʼlim olmoqdalar va har yili ular soni oʻrtacha 7500 ga oshib bormoqda”, deydi OʻzA muxbiri bilan suhbatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati va Fan va taʼlim vazirligining mutaxassislari bilan birgalikda “Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida taʼlim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasini ishlab chiqdi. Ishchi guruh uchrashuvi boʻyicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirdi va tayyorlangan Bitim loyihasini diplomatik kanallar orqali har ikkala tomon Hukumatlariga kiritish belgilab olindi.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda Rossiya oliy taʼlim muassasalarining filiallari va qoʻshma fakultetlari ochilmoqda. Ushbu oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining diplomlari sinovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.