Yangiliklar Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish, nostrifikatsiyalash va yurtimiz taʼlim...

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish, nostrifikatsiyalash va yurtimiz taʼlim tizimidagi xususida

11
0

 

Mamlakatimizda taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari sifatini nazorat qilish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Ushbu davlat organi tashkil etilganiga bir yildan oshdi. Shunga muvofiq, bugun inspeksiya faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari xususida ushbu davlat organi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev bilan suhbatlashamiz.

– Oʻtgan bir yildan ortiq davr mobaynida Davlat inspeksiyasi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erisha oldimi?

– Hozirgi paytda mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda.

Shunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.

Shuningdek, bugungi kunda inspeksiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati va Fan va taʼlim vazirligining mutaxassislari bilan birgalikda “Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida taʼlim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasini ishlab chiqdi. Ishchi guruh uchrashuvi boʻyicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirdi va tayyorlangan Bitim loyihasini diplomatik kanallar orqali har ikkala tomon Hukumatlariga kiritish belgilab olindi. Chunki hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 000 ga yaqin oʻzbek oʻquvchi-yoshlar taʼlim olmoqdalar va har yili ular soni oʻrtacha 7500 ga oshib bormoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimizda Rossiya oliy taʼlim muassasalarining filiallari va qoʻshma fakultetlari ochilmoqda. Bu esa yana koʻplab yoshlarimizga ona yurtida, ota-onasining bagʻridan uzoq boʻlmagan holda oliy taʼlim olish imkoniyatlarini yaratadi va uning bitiruvchilari diplomlari sinovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibi joriy etildi. Shularga izoh bersangiz?

– Ushbu qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishda asos boʻlib xizmat qiladi. Qarorda xorijiy davlatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibi mamlakatimiz hududida filiallari va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri, maxsus sinovlarsiz tan olish va nostrifikatsiya qilish belgilandi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori bilan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning, xususan, “Quacquarelli Symonds World University Rankings“, “Times Higher Education“, “Academic Ranking of World Universities“ reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning; tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning; 1992 yil 1 yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning; Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari – vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning; Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning; xorijiy oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri, maxsus sinovlarsiz tan olish va nostrifikatsiya qilish nazarda tutilgan.

– 2018 yilda davlat inspeksiyasi tomonidan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash boʻyicha qancha murojaatlar koʻrilgan, ularning qanchasi nostrifikatsiyalangan va shundan qancha qismi toʻgʻridan-toʻgʻri yaʼni maxsus sinovlarsiz amalga oshirilgan?

– 2018 yilda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash boʻyicha jami 2547 ta (2017 yil 1219 ta) murojaat tushgan boʻlib, shundan 1189 tasi (2017 yil 447 ta) nostrifikatsiyalangan. 2018 yilning yakuni boʻyicha 909 ta murojaatlar maxsus ekspertiza va maxsus sinovlar topshirish jarayonida boʻlgan boʻlsa, 449 ta murojaatlar boʻyicha hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash rad etilgan.

2018 yilda xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 500 talikka kirgan oliy taʼlim muassasalarini tugatib kelgan va nostrifikatsiya uchun murojaat qilgan 349 nafar (2018 yilda taʼlim hujjati nostrifikatsiya qilinganlarning 29,3 foizini tashkil etadi) fuqarolarning taʼlim hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiya qilindi.

2018 yilda davlat inspeksiyasiga xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi taʼlim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalashni soʻrab murojaat qilgan talabgorlarning asosiy salmogʻi (94,9 %) quyidagi 6 ta mamlakat taʼlim muassasalarida, yaʼni, Rossiya Federatsiyasi (17,3 %), Qirgʻiziston (34,4 %), Tojikiston (33,2 %), Qozogʻiston (5,3 %), Turkmaniston (2,5 %) va Ukraina (2,2 %) Respublikalari taʼlim muassasalarida taʼlim olgan.

– Mazkur qaror bilan “Bolonya jarayoni”ga aʼzo mamlakatlarning hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya ittifoqi, Isroil davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya kabi taʼlim tizimi rivojlangan mamlakatlarning vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyalangan taʼlim muassasalarining hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalanishi mamlakatimiz yoshlariga qanday qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi?

– Ushbu qaror bilan bilan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladigan hujjatlar toifasi yanada kengaytirilmoqda. Xususan, “Bolonya jarayoni”ga aʼzo mamlakatlar hamda taʼlim tizimi rivojlangan bir qator mamlakatlarning vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyalangan taʼlim muassasalarida oʻqigan fuqarolarning taʼlim hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishi va nostrifikatsiyalanishi belgilanmoqda. Bunda roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar mustasno hisoblanadi.

Biz barcha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatib, maxsus dasturlarni ishlab chiqishimiz kerak… Jumladan, koʻpchilik davlatlar foydalanadigan ENIC-NARIC.net tarmogʻidan, Rossiyaninghttp://www.nic.gov.ru/ manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini qidirishimiz, mazkur masalalarga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta ishlab chiqish, taʼlimni tan olish boʻyicha xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish, mamlakatimizdagi uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlaridagi bazalarni yagona reyestrga ulash choralarini koʻrishimiz kabi ulkan vazifalar oldimizda turibdi.

– Qarorda taʼlim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan ekan, ushbu jarayonning takomillashtirishning zarurati nimada?

– Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni 25-moddasida taʼlim muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasidagi vakolatiga kirishi belgilangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2018 yil 24 oktyabr kuni Oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlab, 2 noyabr kuni Xalq taʼlimi tizimida islohotlarni jadallashtirish va taʼlim sifatini oshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilish bayonlarida 2019 yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni yangi tahrirda ishlab chiqish topshirigʻi berilgan.

Ushbu topshiriqlarni sifatli bajarish maqsadida bir qator xorijiy davlatlar (AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya, Boltiqboʻyi davlatlari va boshqalar) tajribasi oʻrganildi hamda joriy yilning 17-19 dekabr kunlari Davlat inspeksiyasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Rossiya tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

– Oʻtgan yil inspeksiya tomonidan mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining reytingi tuzilib, OAVda rasman birinchi marta eʼlon qilingan edi. Umuman, ushbu sohada yana qaysi taʼlim tizimida reytinglar oʻtkazish rejalashtirilgan?

– Darhaqiqat, 2018 yil iyul oyida inspeksiyasi tomonidan ilk marotaba Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari reytingi aniqlangan edi. Bugungi kunda ushbu jarayonni mantiqiy davomi sifatida reyting tizimini umumtaʼlim maktablarda ham oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Eng muhimi, 2018 yil 12 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti oʻrtasida Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida (Agreement for participation programme for international student assessment (PISA) 2021) ishtirok etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

– Yaqinda matbuot orqali mamlakatimizdagi ayrim oʻquv markazlarining litsenziya olmasdan, noqonuniy faoliyat yuritayotgani haqida xabarlarni koʻrdik. Bugungi kunda nodavlat taʼlim muassasalariga litsenziyalarni berish tartibi qanday va bu boʻyicha monitoring ishlari qanday amalga oshirilmoqda?

– Hozirgi kunda nodavlat taʼlim muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-son “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan litsenzilanadi. Bu qarorga asosan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat boʻyicha litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar soni beshta qilib belgilab berilgan, yaʼni ariza, yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari, pedagog kadrlar haqida maʼlumot, oʻquv rejasi va dasturlar va ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya daʼvogari tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasidan iborat.

Arizalar davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Shuni taʼkidlash joizki sifatli qilib yuborilgan arizalarning deyarli barchasiga litsenziyalar berilmoqda.

Ayrim oʻquv markazlarining litsenziya olmasdan faoliyat yuritayotganligi albatta achinarli holat, lekin bizning malakali mutaxassislarimizning tadbirkorlarni ish joyigacha borib berayotgan amaliy yordamlari tufayli bu masala yechilmoqda. Yaqin kunlarda Telegram ijtimoiy tarmogʻida Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat boʻyicha litsenziya olish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va savollar yuzasidan “savolga-javob” bazasini shakllantirish, yaʼni avtomatlashtirilgan “Telegram bot” dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan.

– Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar xususida toʻxtalsangiz?

– Davlat inspeksiyasi asosiy vazifasini bir qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirib kelmoqda. Oʻtgan 2017-2018 oʻquv yili

da oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiya jarayonida ishtirok etgan 86 581 nafar pedagoglardan

41 870 yoki (48,4%) oʻz malaka toifalarini oshirishga, oʻzlarining oylik maoshlarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.

Joriy yilda pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari birinchi marta onlayn tarzida oʻtkazildi. Oʻtgan yillarda oʻtkazilgan attestatsiya jarayonlari tahlillari orqali ilgʻor xorijiy davlatlar (Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Litva) tajribasidan keng foydalanilgan holda oʻqituvchilarga qulayliklar yaratish, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonini soddalashtirish va takomillashtirish nazarda tutilgan.