Tadbirlar Ustoz-shogird

Ustoz-shogird

59
0

2019 yil 15 yanvar kuni Dehqonobod tuman 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston xalq ta’limi va madaniyat a’lochisi shoir  publitsist O‘zbekiston  To‘ron fanlar akademiyasi faxriy akademigi Karim Toshqulov tavalludining 67 yilligi munosabati bilan «ustoz-shogird» mavzuida maktab  o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman hokim o‘rinbosari B.Omonov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi raisi O‘roz Haydar, tuman xotin qizlar qumitasi raisasi M.Yo‘ldosheva, O‘zbekiston xaq baxshilari Qahhor baxshi Rahimov, Abdumurod baxshi Raximov, shoir Ahmad Ko‘hzod va boshqa taniqli shoir yozuvchilar qatnashdi. Tadbirda K.Toshqulovning  «Dehqonobod obod yurtim» deb nomlangan yangi kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.Tadbir so‘ngida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan shoir she’rlaridan tayyorlangan qo‘shiqlari bilan ishtirok etib barchani olqishiga sazovor bo‘lishdi.