Yangiliklar Umumtaʼlim maktabi yoshlar yetakchilari rahbar kadrlar zaxirasiga olinadi

Umumtaʼlim maktabi yoshlar yetakchilari rahbar kadrlar zaxirasiga olinadi

12
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati sohasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida umumtaʼlim maktablari yoshlar yetakchilarining 1 oylik malaka oshirish oʻquv kursi tashkil etildi.

Ushbu oʻquv kursiga umumtaʼlim maktablarida namunali faoliyat yuritayotgan 60 nafar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlaridagi yoshlar yetakchilari tavsiya etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaroriga muvofiq oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar yetakchilarini rahbar kadrlar zaxirasiga olish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining masʼul lavozimlariga tavsiya etish koʻzda tutilgan.