Yangiliklar Buyuk siymolarga ta’zim

Buyuk siymolarga ta’zim

12
0

2019 yil 12 fevral kuni 5-son bolalar musiqa va  san’at maktabi katta zalida g‘azal mulkini sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi va shoh, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan “ Buyuk siymolarga ta’zim” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni maktab direktori Z.Toshqulov ochib berdi.Maktab o‘qituvchilari M.Beknazarov va S.SHabanovalar Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur  hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot berishdi. Konsert dasturida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan  buyuk siymolar she’r va g‘azallaridan namunalar ijro etdilar.