Biz haqimizda

Biz haqimizda

Dehqonobod tuman 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi 1965 yilda tashkil etilgan. 2013 yil O‘zbekison Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi  910-sonli qarori  «bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan » davlat dasturi asosida yangi bino qurilib foydalanishga topshirilgan. Hozirgi vaqtda maktabda 11 ta bo‘lim (xalq cholg‘u asboblar, an’anaviy sozandalik, damli va zarbli cholg‘u asboblar,estrada ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, estrada xonandalik,teatr san’ati, amaliy san’at, tasviriy san’at, xoreografiya va baxshichilik san’ati) ikki yo‘nalishda (musiqa va san’at) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.5-son bolalar musiqa va san’at maktabi Dehqonobod tuman Qorashina shaharchasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan.